GreenCamUz loyihasi konsorsiumining birinchi onlayn yig'ilishi
GreenCamUz loyihasi konsorsiumining birinchi onlayn yig'ilishi2025-yil 13-oktabr kuni GreenCamUz loyihasi konsorsiumiga a'zo hamkor oliy ta'lim muassasalarining birinchi onlayn yig'ilishi muvaffaqiyatli o'tkazildi.Yig'ilish davomida hamkor universitetlar o'z muassasalari va loyiha jamoalarini taqdim etishdi, so'ngra loyiha doirasidagi hamkorlik mexanizmlari va koordinatsiya masalalari yuzasidan samarali muhokama bo'lib o'tdi.Tadbirda Qo'qon universiteti, Qo'qon universiteti Andijon filiali, Toshkent xalqaro universiteti, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Markaziy Osiyo yashil universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Opole universiteti, Vilnyus texnika universiteti va Karabuk universiteti vakillari ishtirok etdi.Dastur doirasida loyiha menejeri Ulug'bek Mamadaliyev loyihaning konsepsiyasi, maqsadlari, ish paketlari, kutilayotgan natijalari va umumiy byudjeti yuzasidan batafsil taqdimot o'tkazdi.Ushbu yig'ilish konsorsium a'zolari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va GreenCamUz loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratishda muhim bosqich bo'ldi.
Galereya