Barcha uchrashuvlar
Toshkent Xalqaro Universitetida GreenCamUz loyihasining taqdimoti
Bugun Toshkent Xalqaro Universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan GreenCamUz — "Yashil kampus tashabbusi: O'zbekiston oliy ta'limiga barqarorlik tamoyillarini integratsiyalash" loyihasining rasmiy ochilish yig'ilishi o'tkazilmoqda.
Tadbirda O'zbekiston, Turkiya, Polsha va Litvadan kelgan hamkor universitetlar vakillari, tegishli vazirliklar mas'ullari, diplomatik korpus a'zolari va boshqa taniqli mehmonlar ishtirok etmoqda.
Yig'ilish davomida loyihaning asosiy hamkorlik yo'nalishlari, ustuvor vazifalari, kutilayotgan natijalari, shuningdek O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida barqaror va yashil kampus yondashuvlarini joriy etish bo'yicha strategiyalar muhokama qilinadi.
Galereya