GreenCamUz loyihasi doirasida 5 kunlik o'quv kursi rasman boshlandi
2026-yil 18-may kuni Opole Texnologiya Universitetida GreenCamUz loyihasi doirasidagi 5 kunlik o'quv kursi rasman boshlandi. Tadbirda konsorsium hamkor universitetlari yashil kampus strategiyalari, barqarorlikka yo'naltirilgan akademik kurslar va oliy ta'limdagi yashil transformatsiya tajribalari bilan o'rtoqlashadi.
2026-yil 18-may kuni Opole Texnologiya Universitetida Erasmus+ CBHE GreenCamUz — "Yashil kampus tashabbusi: O'zbekiston oliy ta'limiga barqarorlik tamoyillarini integratsiyalash" loyihasining 5 kunlik o'quv kursi rasman boshlandi.
Kurs davomida konsorsium hamkor universitetlari vakillari yashil kampus strategiyalarini ishlab chiqish, barqarorlikka yo'naltirilgan akademik kurslar, monitoring va sifat ta'minoti tizimlari, shuningdek oliy ta'lim muassasalarida yashil transformatsiya jarayonlarini joriy etish bo'yicha tajriba almashadi.
Ushbu dastur loyiha hamkorlari o'rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida barqaror taraqqiyot tamoyillarini ilgari surish uchun muhim platforma vazifasini bajaradi.
Galereya