GreenCamUz loyihasi yig'ilishi Yashil Universitetda davom etdi
2026-yil 26-mart kuni GreenCamUz loyihasi yig'ilishining ikkinchi kuni O'zbekistondagi Yashil Universitetda o'tkazildi. Tadbirda loyiha hamkorlari WP1–WP7 ish paketlari bo'yicha taqdimotlar o'tkazdi va loyihaning rasmiy veb-sayti taqdim etildi.
2026-yil 26-mart kuni GreenCamUz loyihasi yig'ilishining ikkinchi kuni O'zbekistondagi Yashil Universitetda bo'lib o'tdi.
Tadbir universitet rektori, professor Baxtiyor Po'latovning tabrik so'zi bilan boshlandi. So'ngra ishtirokchilar kampus bo'ylab tashkillashtirilgan tanishuv sayohatida va rasmiy foto sessiyada qatnashdi.
Kun davomida loyiha hamkorlari GreenCamUz loyihasining asosiy ish paketlari (WP1–WP7) yuzasidan taqdimotlar o'tkazdi. Sessiyalarda loyiha boshqaruvi, yashil kampus strategiyasini ishlab chiqish, o'quv dasturlarini integratsiyalash, salohiyatni oshirish, barqaror infratuzilmani joriy etish, jamoatchilik bilan ishlash hamda ommalashtirish faoliyati masalalari ko'rib chiqildi.
Shuningdek, GreenCamUz loyihasining rasmiy veb-sayti taqdim etildi va ishtirokchilar o'rtasida yakuniy muhokama o'tkazildi.
Galereya