GreenCamUz o'quv kursining to'rtinchi kuni Opolede o'tkazildi
2026-yil 21-may kuni Erasmus+ CBHE GreenCamUz loyihasi doirasidagi o'quv kursining to'rtinchi kuni Opole Texnologiya Universitetida o'tkazildi. Kun davomida ishtirokchilar Opole shahridagi oqava suvlarni tozalash inshootiga o'rganuv tashrifida bo'lishdi va eko-haydash asoslari bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda qatnashdilar.
2026-yil 21-may kuni Opole Texnologiya Universitetida Erasmus+ CBHE GreenCamUz loyihasi doirasidagi o'quv kursining to'rtinchi kuni o'tkazildi.Dastur doirasida ishtirokchilar Opole shahridagi oqava suvlarni tozalash amaliyotiga bag'ishlangan o'rganuv tashrifida qatnashdilar. So'ngra universitet ekspertlari rahbarligida eko-haydash asoslari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi. Mashg'ulotlar barqaror ekologik yechimlar va yashil ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirildi.O'quv kursi hamkor universitetlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va oliy ta'limda barqarorlikka yo'naltirilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.