Namanganda Erasmus+ imkoniyatlariga bag'ishlangan axborot va targ'ibot sessiyasi bo'lib o'tdi
2025-yil 21-noyabr kuni Namangan shahridagi Biznes va fan universitetida talabalar va xodimlar uchun Erasmus+ imkoniyatlariga bag'ishlangan axborot va targ'ibot sessiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirda mahalliy oliy ta'lim muassasalari vakillari, CBHE loyiha jamoalari va dastur bitiruvchilari ishtirok etdi.
2025-yil 21-noyabr kuni Namangan shahridagi Biznes va fan universitetida talabalar va xodimlar uchun Erasmus+ imkoniyatlariga bag'ishlangan axborot va targ'ibot sessiyasi bo'lib o'tdi.
Tadbir O'zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi (NEO) hamda Biznes va fan universiteti (Namangan) hamkorligida tashkil etildi. Unda mahalliy oliy ta'lim muassasalari vakillari, Erasmus+ CBHE loyiha jamoalari, Xalqaro kredit mobilligi (ICM) dasturi bitiruvchilari va Oliy ta'lim islohotlari bo'yicha ekspertlar ishtirok etdi.
Sessiya davomida ishtirokchilarga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha batafsil ma'lumot berildi:
-O'zbekiston uchun ochiq bo'lgan Erasmus+ asosiy yo'nalishlari — ICM, EMJM, CBHE va Jean Monnet;
-Oliy ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari;
-Hozirda amalga oshirilayotgan Erasmus+ CBHE loyihalarining ilg'or tajribalari;
-Sifatli loyiha takliflarini ishlab chiqish bo'yicha amaliy tavsiyalar.
Dastur doirasida Erasmus+ granti sohibi sifatida Qo'qon universiteti GreenCamUz — "Yashil kampus tashabbusi: O'zbekiston oliy ta'limiga barqarorlik tamoyillarini integratsiyalash" loyihasini taqdim etdi. Taqdimotni Qo'qon universiteti Xalqaro bo'lim boshlig'i Ulug'bek Mamadaliyev o'tkazdi.
Tadbir ishtirokchilarning faol qatnashuvi va qo'shgan hissasi uchun sertifikatlar topshirish marosimi bilan yakunlandi.
Galereya