Barcha yangiliklar

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun “Yashil universitet strategiyasi” mavzusida respublika seminari o‘tkaziladi

Iyun 15, 2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-110-sonli qarori, Milliy “Yashil iqtisodiyot” strategiyasi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda Erasmus+ CBHE Strand 1 doirasidagi GreenCamUz (“Green Campus Initiative: Embedding Sustainability in Higher Education in Uzbekistan”) loyihasi vazifalarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari uchun Respublika online seminari tashkil etiladi.

Sana: 2026-yil 17-iyun
Vaqt: 14:00–15:00
Zoom havolasi: Bu yerga bosing
Konferensiya ID: 271 738 1143
Kirish kodi: 1111

Seminar davomida universitetlarda “Yashil kampus” konsepsiyasini joriy etish, ekologik barqarorlik tamoyillarini ta’lim va boshqaruv tizimlariga integratsiya qilish, xalqaro UI GreenMetric va boshqa barqarorlik reytinglari talablariga mos rivojlanish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir doirasida GreenCamUz loyihasi natijalari, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yashil kampus strategiyasi”, uni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi 2.0 hamda maqsadli ko‘rsatkichlar (KPI) 2.0 taqdim etiladi.

Yangi strategiya universitetlarni “Aqlli barqaror universitet” (Smart Sustainable University) modeliga transformatsiya qilishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:

• Yashil boshqaruv va institutsional menejment;
• Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish;
• Suv resurslarini oqilona boshqarish;
• “Qog‘ozsiz universitet” modelini joriy etish;
• Yashil ta’lim va barqarorlik dasturlarini rivojlantirish;
• Yashil tadqiqotlar va innovatsiyalar ekotizimini yaratish;
• Talabalarning ekologik yetakchiligi va “Yashil elchilar” dasturini rivojlantirish;
• Aqlli yashil kampus va raqamli monitoring tizimlarini joriy etish;
• Barqaror transport va mobillik infratuzilmasini rivojlantirish;
• Davlat, biznes va xalqaro hamkorlar bilan yashil sheriklikni kengaytirish.

Seminar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, xalqaro hamkorlik bo‘limlari hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Dastur

14:00 – 14:10
GreenCamUz (Erasmus+) loyihasi haqida ma’lumot

Ma’ruzachi: Ulug‘bek Mamadaliyev – loyiha koordinatori

14:10 – 14:40
“Yashil universitet strategiyasi”ni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Yashil kampus strategiyasi;

  • Yo‘l xaritasi 2.0;

  • Maqsadli ko‘rsatkichlar (KPI) 2.0.

Ma’ruzachi: Rustam Gulyamov – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Loyiha departamenti rahbari.