Bosh sahifa / Yangiliklar / ANDTIDA BUGUN — QOG‘OZSIZ BIR KUN!

ANDTIDA BUGUN — QOG‘OZSIZ BIR KUN!

Avgust 22, 2026 | Global

Andijon davlat texnika instituti bo‘ylab tabiatni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va raqamli xizmatlardan foydalanishni targ‘ib etishga qaratilgan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda.

ANDTIDA BUGUN — QOG‘OZSIZ BIR KUN!
1 /

Andijon davlat texnika instituti bo‘ylab tabiatni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va raqamli xizmatlardan foydalanishni targ‘ib etishga qaratilgan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda.

Har kuni katta miqdordagi qog‘ozdan foydalanish tabiat resurslariga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. Qog‘oz ishlab chiqarish jarayonida esa millionlab daraxtlar kesiladi. Shu bois qog‘oz sarfini kamaytirish — atrof-muhitni muhofaza qilishning oddiy, ammo muhim qadamlaridan biridir.

Bugun ko‘plab xizmatlardan qog‘ozsiz, tezkor va qulay tarzda onlayn foydalanish imkoniyati mavjud. Elektron hujjatlar, raqamli arizalar va onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish orqali biz nafaqat vaqtimizni tejaymiz, balki tabiatni asrashga ham o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Qogʻozsiz bir kun — kelajakni yanada yashillashtirish sari tashlangan qadam!